Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya 4-1 Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

«Real Madrid» va «Barselona» joriy Chempionlar ligasining olti turida birorta durang o‘ynamadi

«Real Madrid» va «Barselona» joriy Chempionlar ligasining olti turida birorta durang o‘ynamadi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi umumiy bosqichning olti turini yakunladi. «Barselona» va «Real» turnir jadvalining turli qutblarida joylashgan, biroq ularni duranglar soni bo‘yicha ustunda nol birlashtirgan.

«Barselona» so‘nggi olti o‘yinda beshta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Hozirda 15 ochko bilan Xans-Diter Flik jamoasi ikkinchi o‘rinda. «Blaugrana» hali «Benfika» va «Atalanta»ga qarshi o‘ynashi kerak.

«Real Madrid» olti turda uchta g‘alabaga erishdi va shuncha mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. 9 ochko bilan Karlo Anchelotti shogirdlari 20-o‘rinda bormoqda. «Los-Blankos»ning qolgan turlardagi raqiblari «Red Bull Zalsburg» va «Brest» bo‘ladi.

Kiritildi: 17:07, 12.12.2024.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик