Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Raqibini tishlab olgan o‘zbekistonlik bokschining oltin medali olib qo‘yildi

Raqibini tishlab olgan o‘zbekistonlik bokschining oltin medali olib qo‘yildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Xavasbek Asadullayev qo‘pol qoidabuzarlik uchun diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda Osiyo boks konfederasiyasi xabar berdi.

71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ispaniyadagi Boxam turniri g‘olibi Xavasbek Asadullayev va jahon chempionatining uch karra bronza medali sovrindori qozog‘istonlik Ablayxon Jusupov finalda to‘qnash keldi. O‘zbekistonlik jangchi jang vaqtida raqibining yelkasini tishlab oldi.

Qozog‘iston boks federasiyasining noroziligidan so‘ng elit boks bo‘yicha Osiyo chempionati texnik delegati irlandiyalik Sadi Daffi xonim qoidani qo‘pol ravishda buzgani uchun Xavasbek Asadullayevni diskvalifikasiya qilishga qaror qildi.

“Qoidalarga ko‘ra raqibni tishlash deb tasniflangan ushbu qoidabuzarlik jang davomida hakam tomonidan o‘tkazib yuborilgan, ammo keyinroq aniqlangan. Reglamentga ko‘ra, agar bokschi biron-bir sababga ko‘ra diskvalifikasiya qilinsa, Ablayxon Jusupov avtomatik tarzda diskvalifikasiya sabab jang g‘olibi deb e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.

Turnir yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (4−6−1) va Tojikiston (1−1—3).

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:46, 13.12.2024.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик