Unda Farg‘ona viloyati polvonlari bilan birga Andijon hamda Namangan viloyatlaridan 100 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 65 kg vazn toifasida farg‘onalik Qurbonali Saidvaliyev, 70, 85 hamda 95 kg vazn toifasida Namangan viloyati vakillari Ulug‘bek Ulkabayev, Jamshid Sotvoldiyev, Siroj Tursunovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Andijon viloyati sportchisi Qudrat Niyazov esa mutloq vazn toifasida tengsizga aylandi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medallari va esdalik sovg‘alari topshirildi.













