Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Ikki yilda ikki kubok

Ikki yilda ikki kubok

Baho:
+ | -

«Atletiko»da afsona darajasiga ko‘tarilgan Filipe Luis Braziliyaga qaytgach, «Flamengo» bilan qandaydir 2 yil ichida 2 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.

  2022 yil oxirida futbolchi sifatida, endi esa murabbiy rolida! O‘tgan yilning dekabrida butsalarini mixga ilgan yosh mutaxassisning jamoasi bu safar ikki raundli finalda Gabi Militoning «Atletiko Mineyro»sini mahv edi: o‘z maydonida - 3:1, safarda - 1:0.

Ha, Filipe Luis murabbiylikdagi ilk urinishidayoq «Flamengo»ni sovrin sari yetakladi. Braziliya kubogi-2024ga 1|16 final bosqichidan kirishgan jamoa navbati bilan «Amazonas», «Palmeyras», «Bayya» va «Korin-tians»­ni kurashdan chetga chiqarib yubordi.  Hal qiluvchi bahsda esa «Atletiko Mineyro» dog‘da qoldirildi. To‘g‘ri, Luis ishga yarim final bosqichidan kirishdi. Yakunda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda yangi murabbiyni kubok bilan no­odatiy tarzda tasvirladi. «Bugun siz chempion Filipe haqida gapiryapsiz. O‘ylaymanki, murabbiy sifatida hali ulg‘ayaman va rivojlanaman. Buning uchun yetarli bilimga egaman», - dedi sobiq himoyachining o‘zi o‘yin­dan keyin g‘alabani qizchasi bilan nishonlash chog‘i. U avvaliga qizaloqni bag‘riga bosdi, keyin salto tashladi - ilk g‘alaba zavqi shunaqa. 

Luis matbuot anjumanida g‘alaba xususida gapirar ekan, avvalo, o‘tmishdoshi Titeni esga oldi, shundan so‘ng rejalari bilan o‘rtoqlashdi: «Murabbiylikda ham oldimga aniq marralar qo‘yganman, albatta. Qayergacha borishim va buning uchun nima qilishim kerakligini yaxshi bilaman. Hali juda ko‘p izlanishimga to‘g‘ri keladi. Hammasi katta qurbonlik talab etadi. Nimalarni nazarda tutayotganimni barcha murabbiylar yaxshi tushunadilar. Murabbiylik shuncha ko‘p vaqt olishini sira o‘ylamagandim. Biroq tanlagan yo‘lim shu, bu tabiiy ehtirosim. Axir futbolni chinakamiga sevaman».  Filipe Luis butsalarini 2023 yil dekabrida mixga ilgan bo‘lsa, mart oyida murabbiylikka kirishdi: ilk 4 oyda 17 yoshlilar jamoasini shug‘ullantirgach, yozda U-20 guruhi boshqaruvini qo‘lga oldi va dastlabki xalqaro sovrinni rasmiylashtirdi. «Flamengo» yoshlari yangi murabbiy bilan klublar o‘rtasidagi kichik JCHda g‘alaba qozonishdi. 30 sentyabr kuni esa rahbariyat asosiy jamoani yosh mutaxassisga ishonib topshirdi. E’tiborlisi, Braziliya termasi sobiq bosh murabbiyi Tite o‘rnini egallagan Filipe Luis klubni mutlaqo qaytadan shakllantirdi. Xullas, u atigi 7 oy ichida bosh jamoaga ko‘tarildi!

«Flamengo» Filipe bilan 9ta o‘yinda atigi 1 marta mag‘lubiyatga uchradi: oktyabr oyi­da «Fluminense»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Chempionatda shuningdek, «Internasyonal»ga qarshi o‘yinda durang (1:1) qayd etildi. Qolgan uchrashuvlar Filipe Luis jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Kubok turniriga kelsak, Luisning debyuti «Korintians»ga qar­shi yarim final o‘yiniga to‘g‘ri keldi. Unda Aleks Sandroning yagona goli g‘alaba keltirdi, javob uchrashuvida esa kuchli tomon aniqlanmadi. Shu tariqa hal qiluvchi bahsda «Atletiko Mineyro» dog‘da qoldirildi 2 marta. Xullas, yosh Filipe Luis ilk urinishdayoq «Flamengo»ga sovrin keltirish barobarida Libertadores kubogi yo‘llanmasini ta’minladi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:51, 18.12.2024.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.