«Napoli» Mariu Ruy bilan shartnomani bekor qiladi, deb yozadi Nikolo Skira.
Ayni damda tomonlar 33 yoshli portugaliyalikning shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokara olib borishmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq klub Ruyni A Seriyaning 2023/24 yilgi mavsumi uchun qaydnomadan chiqarib tashlagan edi.
Ruy 2017 yilning iyulidan beri «Napoli»da o‘ynab kelmoqda, avvaliga «Roma»dan ijaraga olingan, keyin esa doimiy ravishda 5,75 million yevro evaziga sotib olingan.













