Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Fenerbaxche" Maguayr bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi

"Fenerbaxche" Maguayr bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Xarri Maguayr "Fenerbaxche"ga o‘tmaydi.

Yanvar oyida "qizil iblislar"ni tark etishi aytilayotgan 31 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida Turkiya Superligasi grandi ham ko‘rsatilgandi. Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, "Fenerbaxche" Maguayrni transfer maqsadi deb hisoblamaydi. Istanbul klubi o‘z himoyasini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, biroq ingliz futbolchisini qo‘lga kiritish varianti juda qimmat deb topildi.

Transfermarkt ekspertlari Xarri Maguayrning narxini 15 million yevroga baholamoqda. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq u bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 06:02, 24.12.2024.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик