Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Jyul Kunde, Abbos Fayzullayev va Odil Hamrobekov. 2024 yilda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Jyul Kunde, Abbos Fayzullayev va Odil Hamrobekov. 2024 yilda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Futbol tadqiqotlari markazi 2024 yilda butun dunyo bo‘ylab milliy ligalar va jamoalar uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchilarning natijalari qanday?

Umumiy reyting

Maydonda o‘tkazgan vaqt bo‘yicha yetakchi «Barselona» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde bo‘ldi. 2024 yil boshidan 15 dekabrga qadar u 69 uchrashuvda qatnashib, 5872 daqiqa maydonda o‘tkazdi.

Kuchli uchlikka, shuningdek, Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi va Braziliyaning «Fluminense» klubi futbolchisi Jon Arias (67 o‘yin, 5599 daqiqa) hamda «Real» va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde (66 o‘yin, 5573 daqiqa) kirdi.

O‘zbekistonlik legionerlar orasida rekord

Xorij klublarida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar orasida o‘yinlar soni bo‘yicha SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev yetakchi bo‘ldi. Rossiya Premer-ligasi vakili bo‘lgan 21 yoshli futbolchi 2024 yilda ushbu chempionatda o‘yinchilar orasida rekordchiga aylandi. Fayzullayev 58 uchrashuvda maydonga tushib, 3942 daqiqa harakat qildi.

Bu ko‘rsatkich uning SSKA, shuningdek, O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoalaridagi o‘yinlaridan iborat.

O‘zbekiston Superligasi natijalari

Mutaxassislar O‘zbekiston Superligasi futbolchilari reytingini ham e’lon qildi. «Navbahor» yarim himoyachisi Odilbek Hamrobekov bu borada peshqadam bo‘ldi. Tajribali futbolchi nafaqat o‘z klubida faol o‘ynadi, balki O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarida ham qatnashdi. Yil davomida Hamrobekov 47 ta o‘yin o‘tkazdi va 4114 daqiqa o‘ynadi - bu ligadagi barcha futbolchilardan ko‘p.

Superliga peshqadamlari uchligidan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi va «Nasaf» futbolchisi Sherzod Nasrullayev (41 o‘yin, 3462 daqiqa) va «Navbahor» futbolchisi Farruh Sayfiyev (40 o‘yin, 3435 daqiqa) ham joy oldi.

Kiritildi: 10:07, 24.12.2024.
O'qildi: 2784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик