Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Yamal to‘liq tuzalmagan jarohati bilan o‘yinlar o‘tkazgan

Yamal to‘liq tuzalmagan jarohati bilan o‘yinlar o‘tkazgan

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 17 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal noyabr oyi boshida to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli uchta o‘yinni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, to‘liq tiklanmaganiga qaramay, kataloniyaliklar safida o‘ynashni davom ettirdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi jamoasiga yordam berish istagini his qilgani uchun optimal jismoniy holatda bo‘lmasa ham, maydonga chiqishga tayyor bo‘lgan. Agar o‘yin "Barselona" rejasi bo‘yicha ketayotgan bo‘lsa, Yamalni Ispaniya Primerasi 17-tur doirasida "Leganes" (0:1) bilan bo‘lgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida almashtirishlari rejalashtirilgan edi. Biroq, Yamal o‘yinning ikkinchi yarmida ham maydonda qoldi va shu paytda yana to‘pig‘idan jarohat oldi.

Ta’kidlanishicha, hujumchi 29 dekabr kuni jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.

Kiritildi: 08:29, 25.12.2024.
O'qildi: 1242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик