«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani «Chelsi»ga o‘tmasa kerak.
Parijliklarning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan fransiyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida London grandi ham bor edi.
Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi” Kolo-Muanini sotib olishni rejalashtirmayapti.
"Ko‘klar" vakillari 26 yoshli forvardni qadrlashadi, ammo qishki transfer oynasida u bo‘yicha muzokara o‘tkazish niyatida emas. Klub Nikolas Jeksonga ishonishda davom etmoqda.