"Nyukasl" yarim himoyachisi Joelinton "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) jamoadoshi Aleksandr Isakni maqtadi.
"Biz yaxshi boshladik va ikkita gol urdik. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo uddalay olmadik, keyin esa biroz nazoratni yo‘qotdik.
Lekin eng muhimi - uch ochko. Aleksandr Isak shunchaki ajoyib. Jamoamizda shunday futbolchi borligi juda yoqimli, chunki u hozir dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri.
Umid qilamanki, u gol urishda davom etadi va xuddi shunday ajoyib o‘yin ko‘rsatadi, bu biz uchun muhim", dedi Joelinton.