Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh "PSJ" bilan muzokara olib bormoqda

Saloh "PSJ" bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh "PSJ" bilan klubga o‘tish borasida muzokaralar olib bormoqda, garchi Parij klubi avvalroq misrlik futbolchi bilan muzokaralar jarayoni borligini inkor etgan bo‘lsa-da. Bu haqda jurnalist Santi Auna o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli hujumchi uchun ustuvor vazifa "Liverpul" bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, Saloh Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralarni to‘xtatgani ta’kidlangan.

Avvalroq misrlik futbolchi "mersisaydliklar" bilan yangi mehnat shartnomasini muhokama qilishda hozircha muvaffaqiyatga erishmaganini aytgandi.

Kiritildi: 23:40, 03.01.2025.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.