"Al-Hilol" braziliyalik yulduzi Neymarni Saudiya ligasida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik fikrini davom ettirmoqda. Bu haqda «UOL» nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, qanot hujumchisi shartnomasining qolgan 6 oyini bajarishga qaror qilsa, Osiyo chempionlar ligasida o‘ynashi mumkin.
Riyodliklar Neymarni 2023 yilda "PSJ"dan 90 million yevroga sotib olgandi.