"Yuventus" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners jamoasining turnir jadvalidagi holatidan norozi.
"Biz turnir jadvalida u qadar pastda bo‘la olmaymiz va buni bilamiz. Mashg‘ulotlarda o‘yin sifatini ko‘ryapman – jamoadagi hamma "Yuventus"da o‘ynashga loyiq. Biz jamoa sifatida yaxshiroq harakat qilishimiz kerak", dedi Kopmeyners "Torino" bilan durangdan keyin bergan intervyusida.