Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi raisi etib saylandi

Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi raisi etib saylandi

Baho:
+ | -

Bugun kun davomida O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasining ham navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sport vaziri Adkham Ikramov, Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Sportning o‘yin turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi mutasaddilari, federasiya rayosati, faxriylar va murabbiylar shtabi qatnashdi.

Konferensiya kun tartibiga muvofiq, dastavval, federasiya raisi o‘rinbosari Rinat Axmadulin tomonidan 2021-2024-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

Shundan so‘ng konferensiya doirasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda federasiya Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Sport vazirining o‘rinbosari Karimov Avazjon Qudratullayevich nomzodini mamlakat chim ustida xokkey federasiyasi raisligiga ilgari surildi.

Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va A.Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federasiyasi raisi etib saylandi.

Tadbirda so‘z olgan Avazjon Karimov bildirilgan ishonchli oqlashga, kelgusida mamlakatimizda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo‘lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.

Shundan keyin federasiya Bosh kotibi San’atilla G‘ulomnazarov Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishtirdi. Bunda avvalo, mamlakatimiz bo‘ylab ushbu sport ommaviyligini oshirish, terma jamoalar uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish, xorijlik murabbiylar jalb etish asosiy maqsad ekanini bildirdi.

O‘z navbatida, Adkham Ilhamovich poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasida 2 ta chim ustida xokkey maydoni qurilayotgani ushbu sport rivoji yo‘lida katta turtki bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Tadbir yakunida Otabek Muhammadaliyevich jamoaviy sport turlariga yanada ko‘proq e’tibor qaratilishi, mavzkur yo‘nalishda Olimpiada yo‘llanmalariga ega chiqish ustuvor maqsadlardan ekanini ta’kidlab, federasiyaning yangi rahbariyatiga omad tiladi.

Kiritildi: 14:06, 15.01.2025.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик