Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Hech qanday muammo yo‘q». Fabrisio Romano Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi borasida ma’lumot berdi

«Hech qanday muammo yo‘q». Fabrisio Romano Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi borasida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Futbol transferlari borasida ma’lumot beruvchi insayder Fabrisio Romano yana bir bor Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi tafsilotlariga to‘xtaldi.

"Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishida hech qanday muammo yo‘q. “Lans” klubi bilan transfer borasidagi barcha hujjatlar tayyor, faqat o‘yinchi uchun viza kutilyapti, shundan so‘ng shartnoma imzolanishi va rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Husanov ham, Vitop Rays ham “Manchester Siti”da o‘ynaydi", deb yozdi Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Transfer summasi — 40 million yevro.

Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023 yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:28, 15.01.2025.
O'qildi: 9329 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.