Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Husanovga da’vogarlar ko‘p ham urinib ko‘rishmadi

Husanovga da’vogarlar ko‘p ham urinib ko‘rishmadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu hafta oxirigacha «Manchester Siti» a’zosi sifatida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Daily Mirror jurnalisti Rayan Teylorning yozishicha, Fransiya chempionatida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchiga «PSJ» hamda «Real» ham qiziqish bildirgan, ammo bu klublar «Manchester Siti» bilan transfer kurashiga qo‘shilishni xohlamagan.

Qayd etilishicha, Abduqodir Husanov ham uning transferini shaxsan Pep Gvardiola ma’qullaganini bilgach, faqat «Manchester Siti»ga o‘tishni istagan.

Manba xabariga ko‘ra, Husanovning Buyuk Britaniyaga ishlash huquqini beruvchi vizasi tayyor bo‘lgan va u juma kuni Fransiyadan Angliyaga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Siti» Husanov uchun «Lans»ga 33,75 mln funt (40 mln yevro) sterling to‘laydi. Unga Manchester klubidan tashqari, Angliyaning «Nyukasl», «Vest Xem», «Everton» klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Kiritildi: 08:13, 16.01.2025.
O'qildi: 2431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.