"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min "Arsenal"ga qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol qildi. Koreyalik futbolchi o‘yinning 25-daqiqasida “shporlar”ni oldinga olib chiqdi.
Bu gol forvardning Premyer-liganing “katta oltilik” jamoalariga qarshi o‘yinlardagi 27-goli bo‘ldi.
Barcha faol futbolchilar orasida faqat Muhammad Saloh (“Liverpul”, 48) va Jeymi Vardi (“Lester”, 44) bu ko‘rsatkich bo‘yicha Sondan oldinda.













