Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Laporta o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarga munosabat bildirdi

Laporta o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta firibgarlikda ayblangani bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» prezidentiga nisbatan 2016–2018 yillar davrida sodir etilgan deb taxmin qilinayotgan 4,7 million yevro miqdoridagi firibgarlikka aloqadorlik bo‘yicha tergov olib borilmoqda.  

Laporta va yana ikki shaxsga qarshi da’voni lotereyadan yutgan mablag‘larini Gonkongdagi "CSSB Limited" kompaniyasiga uch yil muddatga 6% yillik foiz stavkasini undirish maqsadida sarmoya qilgan oila kiritgan. Investisiyalardan ikki yillik daromad 792 ming yevroni tashkil qilishi kerak edi, ammo natijada oila faqat 84 ming yevroni olgan va sarmoya qilingan summa qaytarilmagan.  

Da’vogarlar shartnoma Laporta tomonidan "CSSB Limited" nomidan tavsiya etilganini va uning yurist sifatida ishtirok etganini ta’kidlamoqda. Ular Laportani moliyaviy savodxonlik yetishmasligidan foydalanganlikda ayblamoqda va uning omma oldidagi obro‘si tufayli unga ishonganini qayd etishgan. Shuningdek, shikoyatda Laportaning ularni bir necha marta «Kamp Nou»ning VIP lojasiga taklif qilgani ham aytilgan.  

«Barselona» rahbari o‘zining firibgarlikdagi ayblovlarini rad etib, quyidagi bayonotni e’lon qildi:  

«2023 yil 26 may kuni da’vogarlar firibgarlikda gumon qilinayotgan shaxslar guruhiga qarshi ariza berishdi, bu guruhga men ham kiritilganman. Ammo men da’vogarlar ta’kidlayotgan investisiyalarda hech qanday ishtirok etmaganman. Da’vo berilgan zahoti sudya uni rad etdi, chunki jinoyat tarkibi yo‘qligini tushundi.  

Da’vogar mazkur qarorni apellyasiya qildi, va Provinsiya sudi javobgarlarning prosessual kafolatlarini ta’minlash maqsadida ularni eshitish zarurligini ta’kidladi.  

Natijada, dushanba kuni soat 9:00 da o‘sha sudya ayrim javobgarlarning ko‘rsatmalari tinglaydi, bu avvalgi holatlarda ham sodir bo‘lgan edi.  

Javobgarlardan biri yaqinda Laporta ushbu kompaniya bilan bog‘liq qarorlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. Javobgarlar ushbu ish yaqin orada yakunlanishiga ishonch bildirishmoqda.  

"Laporta & Arbós" yuridik kompaniyasi ushbu kompaniyaga investisiya kiritishni hech qachon tavsiya etmagan, chunki jarayon u paytda allaqachon boshlangan edi.  

Bu biryoqlama va noto‘g‘ri ma’lumot Joan Laportaning shaxsiy obro‘si va sha’niga qaratilgan OAV tomonidan amalga oshirilgan yana bir bo‘xtondir. Ammo haqiqat yana bir bor nomussizlik ustidan g‘alaba qozonadi», – deyiladi bayonotda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:31, 17.01.2025.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.