Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Abdulvohid G‘ulomov: "2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz"

Abdulvohid G‘ulomov: "2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz"

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘ryapti. Barcha futbolchilar murabbiylarning ko‘rsatmalarini aniq bajarishyapti.

25 yoshli qanot himoyachisi Abdulvohid G‘ulomov ham yangi mavsumga astoydil tayyorlanmoqda.

U o‘tgan yili 30 ta o‘yinda maydonga tushdi 1 ta gol ham urdi. G‘ulomov «Burgutlar»ning yangi mavsumga tayyorgarligining Tojikistondagi yig‘inida faol qatnashdi va klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Abdulvohid, «Andijon»ning Tojikistondagi yig‘ini yakunlandi. Taassurotlar qanday?

— Xudoga shukr, qishki yig‘indagi birinchi tayyorgarlik bosqichimiz hisoblangan Tojikistondagi mashg‘ulotlarimizni tugatib oldik. Birinchi o‘quv-mashg‘ulotimizda asosan jismoniy holatimizni yuqori darajaga olib chiqishga e’tibor qaratdik. Murabbiylarimizning ko‘rsatmalari bo‘yicha ishladik. Maydonda va trenajyor zalida a’lo darajada shug‘ullandik. Keyingi Turkiyada bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimizga tayyormiz. U yerda jamoaviy o‘yinimizni tiklab olishga urg‘u beramiz va shu bois bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. Buning uchun bizga vaqt yetarli, deb o‘ylayman. Turkiyadan chempionatga tayyor holatda qaytamiz. Har bir uchrashuvda muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz.

— Jamoa qishki ta’tildan qanday kayfiyatda qaytdi, masalan o‘zingiz?

— Albatta, 2024 yildagi mavsumni ajoyib kayfiyatda tamomladik. Yaxshi xordiq chiqardik. 2025 yilgi mavsumda munosib ishtirok etishga har tomonlama puxta tayyorlanyapmiz. Ishonamnki, o‘z g‘alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz.

— «Andijon»ning yangi mavsum uchun maqsadlari jiddiy. O‘tgan yili Kubokni qo‘lga kiritdi. Bu yil Osiyo Chempionlar ligasi 2 da qatnashadi. Shunga yarasha tarkib shakllantirilyapti. Yangi futbolchilar kelyapti va ular bilan moslashish qanday kechyapti?

— Ha, biz ilk bor Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etamiz. Undan avval o‘zimizni chempionatimiz va Superkubok o‘yinimiz bor. Maksimal ravishda chempionatni yaxshi boshlashga va Superkubokni qo‘lga kiritishga, kerak bo‘lsa 120 foizga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, OCHLda ham munosib qatnashamiz. Albatta, safimizda yangi futbolchilar bor. Ularning bir nechtasi ilgari «Andijon»da to‘p surishgan. Hammasi joyida. Ularni jamoamizga kirishib ketishi qiyin bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Bu borada hech qanaqa muammo yo‘q.

— Himoyachi sifatida sizga chempionatimizda xavf tug‘diradigan futbolchi kim?

— Buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin men birinchi navbatda o‘z ishimni sidqidildan bajarishga harakat qilaman. Buni Xudo xohlasa chempionatda ko‘rsataman.

— Muxlislar jamoadan ko‘p narsa kutishyapti. Ular uchun nima degan bo‘lardingiz?

— Fan-klubimiz O‘zbekistonda birinchi raqamli. Buni barcha yaxshi biladi. Biz ularni xursand qilish uchun borimizni beramiz. Har doim biz bilan birga bo‘lishadi. Qo‘llab-quvvatlashlari maydonda bizga katta kuch bo‘ladi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:59, 18.01.2025.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.