Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Donnarumma: "Xuddi shu ruhda davom etamiz"

Donnarumma: "Xuddi shu ruhda davom etamiz"

Baho:
+ | -

"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoasining "Manchester Siti"ga qarshi (4:2) YECHL umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

"Bu aql bovar qilmaydigan tuyg‘u. Ikkita gol o‘tkazib yuborganimdan keyin jamoa o‘zgarishidan biroz xavotirda edim.

Ammo muxlislarga rahmat, chunki biz 90 daqiqa davomida ularning qo‘llab-quvvatlashini his qildik va bu aql bovar qilmas hissiyotlarni berdi.

Bu g‘alaba muxlislar uchun va butun "PSJ" uchun juda muhim.

Biz katta kuch berdik, buni maydonda ko‘rdingiz. Jamoa ajoyib o‘yin o‘tkazdi va bu haqli g‘alaba bo‘ldi.

Xuddi shu ruhda davom etamiz, chunki hali oldinda Chempionlar ligasida yana bir muhim o‘yin bor. Bugun biz ushbu lahzalardan zavqlanamiz, keyin esa bor e’tiborimizni chempionlik va Chempionlar ligasiga qaratamiz", - deya Donnarummaning so‘zlarini keltiradi «PSJ» rasmiy sayti.

Kiritildi: 09:51, 23.01.2025.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик