Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Lasio" "Real Sosyedad" o‘yini oldidan muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi

"Lasio" "Real Sosyedad" o‘yini oldidan muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+ | -

Rimning "Lasio" klubi Yevropa ligasi o‘yini arafasida "Real Sosyedad" muxlislari va o‘z muxlislari o‘rtasidagi tungi mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi.

Bu haqda "burgutlar" matbuot xizmati xabar berdi.

"Biz kecha sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishini kutamiz va har qanday zo‘ravonlik ko‘rinishlarini to‘liq qoralaymiz. Agar huquq-tartibot idoralari faoliyati natijalariga ko‘ra, muxlislarimizning ishtiroki aniqlansa, klub o‘ta qattiqqo‘llik bilan harakat qiladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv vaqtida uch nafar muxlis pichoqlangan.

Hozirda polisiya mushtlashuv joyidan olingan videoyozuvlarni o‘rganmoqda, chunki IIV vakillari yetib kelganida "burgutlar"ning faol muxlislari allaqachon voqea joyini tark etishgan.

"Lasio"– "Real Sosdad"uchrashuvi bugunga belgilangan.

Kiritildi: 22:44, 23.01.2025.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик