Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Akanji “Manchester Siti”da debyut qilgan Abduqodir Husanovni o‘yin davomida qanday ruhlantirganini aytdi

Akanji “Manchester Siti”da debyut qilgan Abduqodir Husanovni o‘yin davomida qanday ruhlantirganini aytdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” futbolchisi Manuel Akanji Abdukodir Husanovning “shaharliklar” tarkibidagi debyut o‘yiniga izoh berdi.

“Husanov uchun o‘yin unchalik muvaffaqiyatli boshlanmadi ammo u o‘zini a’lo darajada tikladi. “Chelsi”ga qarshi birinchi o‘yinni o‘ynash oson emas. Biz uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik va u yaxshi uddaladi. Men uni kuchli futbolchilarga qarshi o‘yinda murakkab vaziyatlarga tushirmaslikka harakat qildim.

Men uni ruhlantirdim va unga ortiqcha o‘ylamaslikni, faqat oldinga intilishni aytdim. Masalan, keyingi harakatida to‘pni ortga, Edersonga uzatib xavfsizroq harakat qilishni yoki yakkakurashlarda yutib, ishonchni qaytarish kerakligini ta’kidladim”, deydi Akanji.

Bundan tashqari himoyachi o‘zbekistonlik futbolchi ingliz tilini yaxshi tushunishini ma’lum qildi.

“U ingliz tilini fransuz tiliga qaraganda yaxshiroq tushunishini aytdi, shuning uchun men u bilan ingliz tilida gaplashaman. Menimcha, u ingliz tili ko‘nikmalarini yaxshilaydi — bu ayniqsa markaziy himoyachilar uchun muhim. U ko‘p narsani tushunadi, ammo hozircha o‘z fikrlarini yetkazib bera olmayapti. Tez orada bu o‘zgaradi”, dedi shveysariyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 23-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Chelsi”ga qarshi o‘yinda (3:1) ilk bor “Manchester Siti” safida maydonga tushdi. 2-daqiqada uning xatosidan so‘ng “Chelsi” hisobni ochdi. Ammo keyinchalik futbolchi ishonchli harakat qildi va “aristokratlar”ning ko‘plab hujumlarini qaytarishda asosiy rol o‘ynadi.

Uchrashuvda Gvardiola shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, APLda 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:01, 27.01.2025.
O'qildi: 8301 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.