"Real" hujumchisi Vinisius Junior sobiq jamoadoshi Karim Benzema haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik futbolchi 2009 yildan 2023 yilgacha "qirollik klubi" safida to‘p tepgan, shundan so‘ng Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga o‘tgan va hozir ham o‘sha yerda o‘ynamoqda.
"Benzema - afsona. U tinimsiz menga xat yozib, xuddi shu ruhda davom etishimga va yana ko‘proq gol urishimga undaydi", - deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.