Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Xokkey. “Humo” Qozog‘iston jamoasini mag‘lub etdi

Xokkey. “Humo” Qozog‘iston jamoasini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Poytaxtimiz Toshkentda "Humo" xokkey jamoasi Qozog‘iston muntazam chempionatining navbatdagi turida "Nomad" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Aytish lozim, jamoalar shu kungacha 17 marotaba to‘qnash kelishgan, ularning 10 tasida "Humo", qolganida "Nomad" vakillari muvaffaqiyatga erishgan.

Qiziqarli kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 6:1 hisobida zafar quchdi. “Humo” vakillaridan Vadim Kravchenko, Javohir Rasulov, Yegor Buyalskiy, Aleksandr Derbenyov, Artyom Malsev va Denis Ludsev kiritilgan shaybalarga mualliflik qilishdi.

Mehmonlar safidagi yagona shayba Kirill Nikitin hisobiga yozildi.

Kechagi g‘alaba evaziga "Humo" 56 ochko bilan turnir jadvalidagi 2-o‘rinni yanada mustahkamladi. "Nomad" esa 35 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

Bugun, 1 fevral kuni jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:53, 01.02.2025.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик