Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski Ronaldu va Suaresdan keyin La Ligada eng tez 60 gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi

Levandovski Ronaldu va Suaresdan keyin La Ligada eng tez 60 gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski XXI asrda La Ligada 60 golni eng tez urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.

2 fevral kuni Ispaniya chempionatining 22-turida “Barselona” va “Alaves” jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga polshalik Levandovski mualliflik qildi. Unda kamroq uchrashuvda 60 ta gol urgan faqat ikki futbolchi bor: Luis Suares (66 o‘yin) va Krishtianu Ronaldu (61 o‘yin).

Ma’lumot uchun, joriy La Liga mavsumida Levandovski 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

“Barselona” esa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 14 ta g‘alaba, 3 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan Kataloniya klubi 45 ochko to‘plagan. 22 uchrashuvdan so‘ng 48 ochko to‘plagan “Real” La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:08, 04.02.2025.
O'qildi: 1770 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик