Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

Arauxoning narxi oshkor bo‘ldi

Arauxoning narxi oshkor bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning shartnomasini klublar qanchaga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Arauxoning "Barselona" bilan yangi shartnomasida tovon puli 65-70 million yevroni tashkil etadi. Biroq bu “Barselona”ning Chempionlar ligasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblariga taalluqli emas, deya xabar beradi manba.

Qayd etilishicha, Arauxoni kataloniyaliklar bilan muzokaralarsiz faqat Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining ayrim jamoalari sotib olishi mumkin.

Joriy mavsumda 25 yoshli urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:11, 05.02.2025.
O'qildi: 2298 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.