Bir necha kun avval Yevropada qishki transfer oynasi yopildi.
Ushbu davr mobaynida transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan liga - Angliya Premyer-ligasi bo‘ldi. Ingliz jamoalari transferlarga umumiy hisobda 475 million yevro sarfladi.
Bu borada ikkinchi o‘rin A Seriyaga tegishli bo‘ldi - 229 million yevro. Liga 1 klubilari qishda umumiy hisobda 201 million yevro sarflab, kuchli uchlikni yakunladi.














