Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

A seriya. «Roma» «Venesiya»ni penaltidan urilgan gol evaziga mag‘lub etdi (videosharh)

A seriya. «Roma» «Venesiya»ni penaltidan urilgan gol evaziga mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Bugun, 9 fevral kuni Italiya Seriya Aning 24-turida "Venesiya" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qildi. Uchrashuv "Pyerluidji Penso" stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Roma" jamoasi ushbu bahsda g‘alaba qozondi. Mehmonlar o‘yin davomida ustunlikni qo‘lga kiritib, raqib darvozasiga bir nechta xavfli hujumlar uyushtirishdi. "Venesiya" esa asosan qarshi hujumlar orqali imkoniyat izladi. O‘yinning 57-daqiqasida belgilangan penaltini Paulo Dibala golga aylantirdi.

Eldor Shomurodov o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Artyom Dovbik o‘rniga zaxiradan maydonga tushirildi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Roma" o‘z ochkolarini 34 taga yetkazib oldi. Jamoa jadvalda 9-pog‘onani egallab turibdi. "Venesiya" esa 16 ochko bilan 19-o‘rinda qolmoqda.

Italiya A seriyasi, 24-tur
Venesiya – Roma 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 57, penalti Dibala.
Venesiya – Radu, Kande, Idzes, Markandalli (Shingtyen, 57), Buzio, Yeboa (Oristanio, 58), Dzerbin, Nikolussi-Kavilya, Kike Peres (Marich, 80), Ellertsson (Byarkason, 71), Filya (Gyutkyayer, 80).
Roma – Svilar, Ndika, Manchini, Chelik, El-SHaaravi (Nelsson, 58), Dibala (Baldansi, 68), Anxelinyo, Rensx (Salemakers, 46), Kristante, Gurna-Duat (Pizilli, 58), Dovbik (Shomurodov, 90+2).
Ogohlantirishlar: Gurna-Duat (9), Filya (10), Kande (24), Kristante (61), Chelik (69).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:43, 09.02.2025.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик