Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Fermin «Barselona» futbolchilarining noodatiy natijasini takrorladi – XXI asrda bu ikkinchi marta sodir bo‘ldi

Fermin «Barselona» futbolchilarining noodatiy natijasini takrorladi – XXI asrda bu ikkinchi marta sodir bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoa tarixida noodatiy natija qayd etdi. Bu haqda Opta Sport statistika portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Fermin XXI asrda «Barselona» safida zaxiradan maydonga tushib, gol urgan va qizil kartochka olgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Ilgari bu natijani faqat braziliyalik hujumchi Vitor Roke qayd etgan edi. Ayni paytda u «Betis» jamoasi safida ijara asosida o‘ynamoqda.

Eslatib o‘tamiz, La Liga 23-turida «Barselona» «Sevilya»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. 21 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Lopes ikkinchi bo‘limda, 46-daqiqada Gavining o‘rnida maydonga tushdi. Shu daqiqada u Pedrining uzatmasi orqali gol urdi. Biroq, 62-daqiqada shveysariyalik yarim himoyachi Jibril Souga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:08, 10.02.2025.
O'qildi: 1598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.