Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Freestyle Chess. Sindarov Nakamurani tay-brekda mag‘lub etdi, Abdusattorov esa Magnusga yutqazdi

Freestyle Chess. Sindarov Nakamurani tay-brekda mag‘lub etdi, Abdusattorov esa Magnusga yutqazdi

Baho:
+1 | -

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida bugun chorak finalning ikkinchi o‘yinlari o‘tkazildi.

Pley-off bosqichi klassik shaxmat formatida o‘tkazilmoqda. Nodirbek Abdusattorov bugun oq donalarda Magnus Karlsenga qarshi o‘ynadi va imkoniyatni boy berdi. Hamyurtimiz kecha ham Magnusga yutqazgandi.

Javohir Sindarov va AQSHlik Xikaru Nakamura o‘rtasidagi bugungi o‘yinlar dramatik tarzda kechdi. Javob o‘yinida vatandoshimiz qora donalarda o‘ynadi. O‘yinning aksar qismi tengkurashlar ostida kechgan bo‘lsa, endshpilda esa Nakamura bitta piyoda ustunligiga ega edi. Ammo Sindarov durangni ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Kechagi bahs ham durang bilan yakunlagani uchun tomonlar g‘olibni aniqlash maqsadida rapid yo‘nalishida tay-brek o‘yinlarini o‘tkazishdi.

Sindarov ilk o‘yinda qora donalarda harakat qildi. Debyutda va o‘yin o‘rtalarida Xikaru ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ammo o‘yin so‘ngida AQSHLIk shaxmatchi h7 xonasidagi tekin piyodani urib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Buning oqibatida Javohir hujumga o‘tib ketdi va raqibni taslim etdi.

Tay-brekning ikkinchi o‘yinida o‘zbek grossmeysteri oq donalarda o‘ynadi. Bu partiya tomonlar juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishdi. Dastlab ustunlik Sindarov tomoniga o‘tgan bo‘lsa, o‘yin o‘rtalarida Xikaru g‘alaba sari harakat qila boshladi va g‘alabaga yaqin edi. Javohir durangni ushlab qolish uchun harakat qila boshladi. Nakamura esa o‘yin so‘nggida piyoda bilan xato yurishni amalga oshirdi. Natijada Javohirning piyodasi Farzinga chiqib ketishi aniq bo‘ldi va AQSHlik grossmeyster mag‘lubiyatni tan oldi.

Sindarov yarim finalda AQSHlik Fabiano Karuanaga qarshi bahslarda ishtirok etdi. Ikkinchi yarim final esa Vinsent Keymar va Magnus Karlsen o‘rtasida kechadi.

Chorak final natijalari:

Alireza Firuzja - Vinsent Keymar - 0,5 : 1,5
Javohir Sindarov - Xikaru Nakamura - 1 : 1 (tay-brek - 2:0)
Fabiano Karuana - Gukesh Dommaradju - 2:0
Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov - 2:0

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:17, 10.02.2025.
O'qildi: 2158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик