Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Rasman! «Barselona» Pau Kubarsining shartnomasi 2029 yilgacha uzaytirildi

Rasman! «Barselona» Pau Kubarsining shartnomasi 2029 yilgacha uzaytirildi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi va himoyachi Pau Kubarsi o‘rtasidagi shartnoma uzaytirildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchi 2029 yil 30 iyungacha jamoada qoladi.

Kataloniyalik himoyachi bugun tush paytida klub prezidenti Joan Laporta, birinchi vise-prezident Rafa Yuste va sport direktori Anderson Luis de Souza ("Deko") ishtirokida yangi shartnomaga imzo chekdi.  

Debyutdan beri 13 oy  

"Kubarsining shartnoma uzaytirishi "Barselona" akademiyasi – "La Masiya"ning yosh iste’dodlarini tarbiyalashga bo‘lgan klubning sadoqatini yana bir bor tasdiqlaydi. Yaqinda 18 yoshga to‘lgan himoyachi shu vaqtga qadar jamoa safida 60 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarning barchasi 2024 yil 18 yanvarda Ispaniya kubogi doirasida "Unionistas"ga qarshi sovuq kechada debyut qilganidan beri o‘tdi.

O‘sha kundan boshlab Kubarsi o‘zgacha o‘yinchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. U nafaqat ishonchli himoyachi, balki o‘yinni juda yaxshi tushunadi va jahon darajasidagi yarim himoyachilarga xos paslar uzata oladi. Kubarsi – "Barselona" DNKsiga to‘liq mos keladi va klubda yana ko‘p yillar qolishi kutilmoqda", — deyiladi "Barsa" tarqatgan xabarda.

Manba: www.fcbarcelona.com
Kiritildi: 18:53, 13.02.2025.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик