Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Baxtiyor Qosimov: «Qo‘qon-1912» jamoasiga o‘tishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi bo‘ldi»

Baxtiyor Qosimov: «Qo‘qon-1912» jamoasiga o‘tishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Qo‘qon-1912»ga yangi kelib qo‘shilgan mahoratli futbolchi Baxtiyor Qosimov klubi matbuot xizmatga qisqa intervyu berdi.

— «Qo‘qon-1912» variant qanday paydo bo‘ldi. Nima uchun «Qo‘qon-1912» jamoasini tanladingiz?
— «Qo‘qon-1912» jamoasiga o‘tishimga asosiy sabab murabbiylarning ishonchi bo‘ldi. Ular menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldimda bir qator takliflar bor edi. «Qo‘qon-1912» jamoasi oldiga qo‘ygan rejalari va maqsadlarini meni qiziqtirdi va shu sababli «Qo‘qon-1912» jamoasining taklifini qabul qildim. Qo‘qonda o‘ziga yarasha ajoyib muxlislar bor. Qo‘qonliklar futbolni yaxshi ko‘rishadi.

— Jamoaga ko‘nikish qiyinchilik tug‘dirmadimi?
— Jamoaga kirishib ketishim juda oson kechdi. Bu yerdagi muhit meni yaxshi ma’noda hayron qoldirdi. Ba’zi futbolchilar bilan avval ham birga harakat qilganmiz. «Qo‘qon-1912» jamoasiga moslashuvim ancha tez kechdi deb bemalol ayta olaman.

— Uzoq tanaffusdan so‘ng yana Vodiy jamoasiga o‘tdingiz. Vodiy jamoalarining Respublikaning boshqa jamoalaridan farqlanib turuvchi xislatlari bormi?
— Vodiy jamoalarining muxlislarining asosiy farqi ular juda qattiq futbolni va o‘z jamoalarini yaxshi ko‘rishadi. Har bir muxlis chin yurakdan jamoasi uchun qayg‘uradi. O‘tgan yilgi chempionatda barcha guvoh bo‘ldiki, vodiy muxlislari Superliga uchrashuvlarini haqiqatdan yanada qiziqarli qilib berishdi. Bu yil Superliga «Qo‘qon-1912» jamoasi ham qo‘shildi. Bizning muxlislar ham vodiyning boshqa jamoalarining muxlislaridan kam emas. Raqobat futbolchilar orasida qanchalik yaxshi bo‘lsa, muxlislar o‘rtasida ham raqobat bo‘lgani yaxshi. Shunda stadionlarimizga yanada ajoyib muhit taqdim etiladi. Barcha «Qo‘qon-1912» jamoasiga befarq bo‘lmagan muxlislarni yangi mavsumda xursand qilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 11:07, 18.02.2025.
O'qildi: 907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик