Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

"Yuventus" Lukmanga xaridor

"Yuventus" Lukmanga xaridor

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda "Yuventus" "Atalanta" forvardi Ademola Lukmanga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.

Yanvar oyida klub direktorlari Bergamodagi restoranda uchrashib, transfer imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Futbolchi "Atalanta"ni tark etmoqchi.

18 fevral kuni Chempionlar Ligasi 1/16 final javob o‘yinida "Bryugge"ga qarshi o‘yinda (1:3) Lukman penaltini aniq amalga oshira olmadi.

O‘yindan keyin Gasperini nigeriyalik futbolchi o‘zi ko‘rgan eng yomon penalti ijrochilaridan biri ekanini aytdi.

Keyinchalik Lukman o‘zining «Instagram» sahifasida jamoa bosh murabbiyining tanqidiga javob qaytardi.

Ademola Lukman Italiya jamoasida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Bu mavsumda futbolchi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:42, 20.02.2025.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.