Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Superliga 1-turi vaqtlari aniq bo‘ldi

Superliga 1-turi vaqtlari aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

7 mart kuni Superliganing yangi mavsumi start oladi. Bellashuvlar Sport TV hamda Futbol TV kanallari orqali teletranslyasiya qilinadi.

Liga hozirga qadar dastlabki ikki tur sanalariga aniqlik kiritgan bo‘lib, mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi rasmiy uchrashuvlar sanasi O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng e’lon qilinishini ma’lum qilingandi.

"Paxtakor" xalqaro maydondagi yurishini davom ettirishi aniq bo‘lgach, uning 2-turdan o‘rin olgan OKMK klubiga qarshi bellashuvi 16 mart kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, Toshkent klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida 4 mart kuni Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Riyod shahrida o‘tkaziladi.

Liga rejasiga ko‘ra, "Paxtakor" 7 mart kuni "Mash’al"ga qarshi uchrashuv bilan Superliga ilk turini boshlashi lozim edi. Biroq "As-Sadd" bilan o‘yin yakuniga yetgach, klub "Al Hilol"ga qarshi o‘yinlar rejasini ishlab chiqdi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ligaga murojaat qilib, Superliga dastlabki turini boshqa sanaga qoldirishni so‘radi. Liga o‘tgan yilning oktyabr oyida ishlab chiqilgan taqvim rejada buning ehtimolini inobatga olgan bo‘lib, aprel oyining dastlabki sanalarini zaxira kuni sifatida belgilagandi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" klubining so‘rovi qanoatlantirildi.

Shu tariqa Superliga yangi mavsumi 7 mart kuni OKMK — "Buxoro" o‘yini bilan start oladigan bo‘ldi. 8-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan "Qizilqum" — "Surxon" hamda "Xorazm" — "Sho‘rtan" uchrashuvlari neytral maydonda o‘tishi va bunda har to‘rt jamoa futbolchilarining safarda bo‘lishi inobatga olinib, o‘yin vaqtlari belgilandi. Liga vaqt belgilashda barcha uchrashuvlar jonli teletranslyasiya qilinishi masalasini ham inobatga oldi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:38, 21.02.2025.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик