Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Navbahor» Qozog‘iston klubini mag‘lubiyatga uchratdi

«Navbahor» Qozog‘iston klubini mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, “Navbahor” bugun Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat - sinov bahsini Qozog‘istonning “Shaxtyor” (Qarag‘anda) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.  

Golga 1-bo‘limning to‘xtalishlar uchun hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalari davom etayotgan paytda tajribali hujumchi Zabihillo O‘rinboyev qozog‘istonliklar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan holda, mualliflik qildi.

Mazkur o‘yinda jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Lushan maydonga quyidagi tarkibni tushirdi: Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Mirzohid G‘ofurov, Sergey Karpovich, Gilyermo Gedesh, Azimjon Ahmedov, Benjamin Teydi, Ruslanbek Jiyanov, Javohir Abdujabborov, Alisher Odilov, Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, Shahzod Toirov,  Shahzodbek Ubaydullayev, Sherzod G‘ulomjonov, Igor Gabriel, Abbosjon G‘ulomov, Komiljon Tojiddinov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:02, 21.02.2025.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик