"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh jamoaning sobiq murabbiyi Yurgen Klopp bilan aloqani davom ettirayotganini aytdi.
"Ha, ilgarigidan ko‘ra ko‘proq muloqot qilyapmiz. Bizda yaxshi aloqa bor. So‘nggi bir necha oy ichida biz bir-birimiz bilan ko‘p yozishdik.
U oilam bilan qiziqdi, meni o‘yinlar va Angliya Liga kubogi finaliga chiqqani bilan tabrikladi - shunga o‘xshash narsalar. Va u menga keyingi safar bu yerga qachon kelishini aytdi," - dedi Saloh.













