Kirish Ro'yxatdan o'tish

Marseloning o‘g‘li "Real" bilan shartnoma imzoladi

Marseloning o‘g‘li "Real" bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Braziliya va "Real"ning sobiq himoyachisi Marseloning o‘g‘li Enso Alves Madrid klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi. 15 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” yoshlar jamoasida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Marselo 2007 yilning yanvaridan 2022 yilning avgustigacha "Real Madrid" safida o‘ynagan. "Qirollik klubi"dagi faoliyati davomida braziliyalik futbolchi 5 marta UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. 2022 yil sentyabrida Marselo Gresiyaning “Olimpiakos” klubiga o‘tdi va o‘tgan yilning noyabrida braziliyalik “Fluminense”da faoliyatini yakunladi.

Bu mavsumda "Real Madrid" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Karlo Anchelotti shogirdlari 24 o‘yindan so‘ng 51 ochkoga ega. Peshqadamlik qilayotgan "Barselona" qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Real"dan oldinda.

Kiritildi: 21:39, 22.02.2025.
O'qildi: 3083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик