Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

"Yunayted" murabbiylarining Xeylunddan toqati toq bo‘lmoqda

"Yunayted" murabbiylarining Xeylunddan toqati toq bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

"MYU" Rasmus Xeylunddan hafsalasi pir bo‘la boshladi.

Manchester Evening News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Manchester Yunayted" murabbiylar shtabi Xeylundning golsiz davom etayotgan seriyasidan toqati toq bo‘lmoqda. Hujumchi ketma-ket 16 o‘yinda gol ura olmayapti - daniyalik so‘nggi bor 12 dekabr kuni Yevropa Ligasida "Viktoriya Plzen"ga qarshi o‘yinda (2:1) dubl qayd etgandi.

Qayd etilishicha, "MYU" murabbiylaridan biri "Tottenxem"ga (0:1) qarshi o‘yindan keyin Xeylundning o‘yini haqida keskin fikr bildirgan. Shu bilan birga, shtab xodimlari mashg‘ulotlar paytida Rasmusni qo‘llab-quvvatlaydi.

2024/25 yilgi mavsumda Xeylund APLning 21 o‘yinida 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 08:15, 25.02.2025.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик