Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsning "Barselona"ga o‘tishi dargumon. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati endi 22 yoshli ispanga qiziqish bildirmayapti.
Uilyams joriy mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uilyamsning "Atletik" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.













