“PSJ” muxlislari hozir “Lill”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Etan Mbappeni iliq kutib olishmadi.
18 yoshli futbolchi shanba kuni "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tgan Liga 1 o‘yinining ikkinchi yarmi boshida zaxiradan maydonga tushdi.
Foot Mercato nashrining xabar berishicha, “PSJ” muxlislari har safar Kilian Mbappening ukasi to‘pni qabul qilib olganida hushtakbozlik qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Etan Mbappe o‘tgan yozda xuddi Kilian kabi erkin agent sifatida poytaxt klubini tark etgandi.













