Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Superliga klublari reglamentning 11.7-bandi bo‘yicha ogohlantiriladi

Superliga klublari reglamentning 11.7-bandi bo‘yicha ogohlantiriladi

Baho:
+ | -

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 11.7-bandi quyidagicha bayon qilingan:

Musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi lisenziya hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng lisenziyalar klubning vakolatli vakiliga uning imzosi bilan tasdiqlangan shaxsiy mas’uliyati ostida quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

• reglamentning 10.18-bandid qayd etilgan texnologiya bilan ishlash huquqini beruvchi lisenziya mavsum yakuniga qadar sotib olinganligini isbotlovchi hujjat Ligaga topshirilganda;

• videotahlillar asosida futbolchining rasmiy uchrashuvlardagi statistik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beruvchi markazlashtirilgan kompaniya bilan tuzilgan shartnoma Ligaga topshirilganda. Mazkur hujjatlarsiz klub 2002 yil va undan katta yoshdagi futbolchi lisenziyasiga ega chiqa olmaydi.

Liga mazkur bandni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5887-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida reglamentga kiritgan bo‘lib, u bosqichma-bosqich qat’iylashtirib kelindi. Xususan, o‘tgan mavsum mazkur band ijrosini amalga oshirishda qator klublar Ligaga yolg‘on ma’lumot taqdim etgani ma’lum bo‘ldi va ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Joriy mavsumda ham shunday holat kuzatilmasligi uchun reglamentga yuqoridagi ko‘rinishda o‘zgartirish kiritilayotgani o‘tgan yilning dekabr oyidayoq Superliga klublariga ma’lum qilindi. Liga mutaxassislari o‘tgan uch oy davomida mazkur masala va muzokaralarda klublarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Shunga qaramay, ayrim klublar hozirga qadar tegishli lisenziyalarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgani yo‘q.

Shundan kelib chiqib, Superliga ilk turida biror klub maydonga faqatgina 2003 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan chiqib kelsa, Liga mazkur jamoaga katta yoshli futbolchilar lisenziyasini taqdim etmagan bo‘ladi. Umid qilamizki, futbol muxlislari bu kabi holatlarni to‘g‘ri qabul qiladi va o‘z jamoasi rahbariyatidan professionallikni talab qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:30, 03.03.2025.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.