Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" muxlislari norozi bo‘lishdi

"Yuventus" muxlislari norozi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" muxlislari "Verona"ga qarshi o‘yinda jamoani hushtaklar bilan qarshi olishdi.

A Seriyaning 27-tur o‘yini boshlangan zahoti turinlik muxlislar jamoaning so‘nggi natijalaridan norozilik bildirish maqsadida hushtak chala boshladilar. Shuningdek, o‘yin davomida "Yuventus" muxlislari "Rahbariyat, bizni eshityapsizmi?" deb baqirishdi.

Bundan tashqari, o‘yinning 60-daqiqasida o‘tgan yozda "Atalanta"dan 52+7 million yevro evaziga sotib olingan Tyon Kopmeyners maydonga chiqayotganda ham hushtak chalinib qarshi olindi. 90-daqiqada esa niderlandiyalik yarim himoyachi Samuel Mbangulaning uzatmasidan so‘ng gol urdi. O‘yin 2:0 hisobida "Yuventus"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kiritildi: 05:45, 04.03.2025.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик