Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nvaneri "Arsenal" safida YECHL pley-offida maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi

Nvaneri "Arsenal" safida YECHL pley-offida maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Itan Nvaneri Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "PSV"ga qarshi o‘yinning dastlabki uchrashuvida jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi.

Ayni paytda angliyalik 17 yosh-u 348 kunlik bo‘lib turibdi, bu esa uni "kanonirlar" tarixida Sesk Fabregasdan keyin turnirning pley-off bosqichida maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylantirdi, deb yozadi Opta. Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam, 2005 yilning mart oyida ispaniyalik futbolchi 17 yoshu 309 kunligida Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.

PSV - "Arsenal" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Kiritildi: 00:32, 05.03.2025.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик