Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" yozda Kerkez uchun taklif bilan chiqmoqchi

"Liverpul" yozda Kerkez uchun taklif bilan chiqmoqchi

Baho:
+ | -

GiveMeSport xabariga ko‘ra, mersisayd klubi yozda "Bornmut"ning chap qanot himoyachisi uchun transfer taklifi bilan chiqmoqchi.

Qayd etilishicha, hozirda "Liverpul" sport direktori lavozimini egallab turgan Richard Xyuz vengriyalik futbolchining "Bornmut"ga o‘tishi ustida ishlagan.

"Qizillar" Endryu Robertson va Konstantinos Simikas bilan raqobatlashadigan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Bornmut" futbolchisi "Real"ning ham nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan, biroq Madrid klubi hali uni qo‘lga kiritish uchun aniq harakatlar qilganicha yo‘q.

Klub Kerkezning transferi uchun 40 million funtdan ko‘proq pul talab qiladi. Futbolchining o‘zi yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 18:43, 05.03.2025.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.