Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ulug‘bek Baqoyev OKMKdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Ulug‘bek Baqoyev OKMKdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Kecha Superliga 1-turidan o‘rin olgan OKMK "Buxoro" o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Barcha futbol ixlosmandlarini Superliga starti bilan tabriklayman va barchaga omad tilayman. Biz bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. OKMKni Mirjalol Qo‘shoqovich ko‘p vaqtdan buyon boshqarib kelmoqda. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Jamoa munosib o‘yin namoyish etdi. Ishtiyoq va kurashuvchanlik bo‘yicha e’tirozlar yo‘q. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o‘yinga qo‘shilib keta olmagandek. O‘yin so‘nggida o‘tkazib yuborgan golimiz esa juda alamli bo‘ldi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Raqibimizni g‘alaba bilan tabriklayman"

"Buxoro" jamoasi bugun ancha kurashuvchan va yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bugungi uchrashuvning natijasi qanchalik adolatli bo‘ldi deb o‘ylaysiz? "Buxoro" bugun mag‘lub bo‘lishga loyiqmidi?

- Fikrimcha, OKMK g‘alabaga loyiq o‘yin namoyish etmadi. Durang adolatli natija bo‘lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o‘ynalmaydi, qo‘shib berilgan daqiqalarda ham o‘yin davom etadi. Jamoam yomon o‘ynamadi, gol urishimiz va o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Biz durangga munosib edik, biroq so‘nggi 3-4 daqiqani unutib qo‘ydik va shu sababli mag‘lub bo‘ldik. Futbolchilarimga e’tirozim yo‘q. Birinchi tur bahsi har doim qiyin kechadi, buyog‘iga chempionat taqvimiga kirishib olishimiz kerak.

- Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Asilbek Qayumovning o‘yiniga qanday baho berasiz? Qayumov deyarli har bir vaziyatda to‘pni yo‘qotdi...

- Hozirgina shu haqda aytib o‘tgandim, faqatgina futbolchining ism-sharifini aytmagan holda. O‘zingiz buni sezibsiz. U to‘pni qabul qilib olgan barcha vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdi. Bunga nima sabab bo‘ldi, bilmayman, balki o‘yinga kirishib keta olmagandir yoki maydonga tushishdan oldin yetarlicha qizib olmagandir. Bu haqda bir nima deyish qiyin. U yaxshi o‘yin o‘tkaza olmadi va ushbu muammoni hal etish haqida bosh qotirish kerak. Fikringizga qo‘shilaman.

- Jamoangiz tezkor gol o‘tkazib yubordi. Nima deb o‘ylaysiz, o‘tkazib yuborilgan tezkor gol jamoangizning o‘yinga tayyorlagan rejasini qanchalik o‘zgartirib yubordi?

- Jamoam Superliga bahslariga tayyor deb o‘ylayman. Ruhiy va jismoniy holatimiz ancha yaxshi. Tarkibimiz ham o‘rtachadan baland degan bo‘lardim. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng tezda hisobni tenglashtira oldik. Bir nima deyish qiyin. O‘ylaymanki, o‘yin durangga qarab ketayotgan edi. To‘g‘risi, mening fikrimcha o‘sha vaziyatda fol bor edi. Har bir jamoaning o‘z fikri bor, albatta. OKMK bu vaziyatda fol yo‘q deydi, biz esa aksincha. Hakamlar ishini baholaydigan organlar ushbu vaziyatni ko‘rib chiqishadi va yakuniy qaror chiqarishadi.

- "Buxoro"ning joriy mavsumdagi maqsadlari qanday? Yig‘ilgan tarkibdan qanchalik qoniqyapsiz?

- Ancha yaxshi jamoani yig‘a oldik. Biz "to‘rt" baholi tarkib yig‘dik. OKMK ham ancha jiddiy raqib edi. Ular har mavsumda medallar uchun kurashadi. Chempionat ancha qiziqarli va kurashlarga boy kechadi deb o‘ylayman. So‘nggi daqiqadagi gollar va bunday o‘yinlar soni ko‘p bo‘ladi deya taxmin qilishim mumkin.

Kiritildi: 06:05, 08.03.2025.
O'qildi: 819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.