"Real" vingeri Rodrigo jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Anchelotti bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U birinchi kundanoq meni qo‘llab-quvvatladi. Men hali ham birinchi mashg‘ulotlarimni va u menga bergan barcha maslahatlarni eslayman. Futbolda undan o‘rganganlarimni shaxsiy hayotimda, ayniqsa, atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimda qo‘llashga harakat qilaman", - dedi Rodrigo.













