Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Hakamlarimiz xalqaro maydonda!

Hakamlarimiz xalqaro maydonda!

Baho:
+ | -

Joriy yilgi futbol mavsumida ham o‘zbekistonlik referilar xalqaro turnirlar va uchrashuvlarda faoliyat yuritishdi.

Asker Najafaliyev 2025 yilgi U-20 Osiyo kubogining Iordaniya – Iroq, Tailand – Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni – Koreya Respublikasi (yarim final) uchrashuvlarida bosh hakam, Avstraliya – Saudiya Arabistoni (final) uchrashuvida esa VAR hakami assistenti sifatida faoliyat yuritdi. Ruslan Serazetdinov esa yordamchi hakam vazifasini bajardi.

Shuningdek, Asker Najafaliyev Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasida “Chongbuk Motors” – «Sidney» jamoalari uchrashuvini boshqarib bordi. Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazetdinov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov VAR, Abdurashid Xudayberganov esa AVAR hakami sifatida ishladi.

Osiyo elit chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi «An-Nasr» – «Istiqlol» uchrashuvi O‘zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi referisi – Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bergan bo‘lsa, Firdavs Norsafarov VAR, Ahrol Risqullayev AVAR hakami vazifasida ish olib bordi.

Ertaga, 12 mart kuni Valentin Kovalenko Osiyo chempionlar ligasi 2 turniri chorak final bosqichi doirasidagi «Sharja» – “Shabab Al-Ahli” uchrashuvida hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 22:43, 11.03.2025.
O'qildi: 1073 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик