Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Pedru Moreyra: «O‘yin sur’atiga dosh bera olmadik»

Pedru Moreyra: «O‘yin sur’atiga dosh bera olmadik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra "Al-Hilol"ga qarshi o‘tkazilgan javob o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.

"Stadionda muhit ajoyib bo‘ldi. Raqib darajasi yuqori ekanini bilardik, bugun ular juda yaxshi o‘ynashdi. Biz to‘pni ko‘p yo‘qotdik. Biz o‘z darajamizni yaxshilash uchun ishlashimiz kerak. Ikkinchi golni qarshi hujumdan o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda hujumda faolroq bo‘ldik. O‘yinning birinchi qismida buni uddalay olmadik. Tan olish kerak, raqib g‘alaba va natijaga munosib futbol ko‘rsatdi. Biz shunday yuqori darajadagi bellashuvlarga tayyor bo‘lishimiz lozim.

"Hilol"ning kuchli taraflarini bilardik, qanotdan juda faol oldinga o‘tishadi. Markazdan qanot himoyachilarini hujumga boshlashadi. O‘yin sur’atiga dosh bera olmadik. Biz yangi jamoa qurish bosqichidamiz, tarkibimizda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishlar katta. Toshkentda ishonch bilan harakat qilgandik.

Bahs boshida ko‘p xatolar qildik. Raqib futbolchilarini futbolchilarimiz bilan birga-bir qolishga ko‘p qo‘yib berdik. Lekin o‘yinda uyushqoq o‘ynadik deb o‘ylayman, faqat keraksiz xatolar ko‘payib ketdi. Raqib safida yuqori saviyali futbolchilar ko‘p va ular mahorat ko‘rsatishdi. Tarkibimizda Kayo Sezar bo‘lsa, biz ham juda yaxshi futbol o‘ynashimiz mumkin.

Biz bu o‘yinlardan xulosa chiqaramiz, o‘zimizga tegishli foydali jihatlarga ega bo‘lamiz. Lekin Superligada boshqacha futbol o‘ynaymiz. Stadionda bizni ajoyib tarzda qo‘llab turgan muxlislarga katta tashakkur. Ular kamchilik bo‘lishsa-da, juda faol quvvatlab turishdi. Ularni chempionatdagi uchrashuvlarda ham kutib qolamiz.

Ushbu bosqichgacha yetib kelishimizni kichik natija deb atash mumkin. Shu raundda bo‘lishga haqli edik. To‘rt uchrashuvdan keyinoq juda yuqori saviyada o‘ynash ilojsiz", — dedi Moreyra.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:52, 12.03.2025.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.