Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" futbolchisi: "Raqib himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi"

"Chelsi" futbolchisi: "Raqib himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Kirnan Dyusberi-Xoll Konferensiyalar Ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasida "Kopengagen"ga qarshi kechgan bahs (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bu raqib himoyasini yorib o‘tish qiyin bo‘ldi. Biz nimaiki qilib ko‘rmaylik, ular himoyalanishda yaxshi edilar. Birinchi bo‘limda ko‘p narsa o‘xshamadi, ammo keyin maydondagi vaziyatga ba’zi o‘zgartirishlar kiritdik. Va keyin, ko‘rganingizdek, biz ko‘proq vaziyatlar yaratishni boshladik. Yaxshiyamki, gol urib, g‘alaba qozondik.

Yevrokuboklarda, ularning istalganida o‘ynash - dunyodagi eng yaxshi hissiyot, deydi har bir futbolchi. O‘zimni ko‘rsatish uchun har bir imkoniyatdan doimo minnatdorman. Ayniqsa, "Stemford Brij"da. Ba’zida bu yerda gol urishga muvaffaq bo‘linadi va bu yoqimli," - deya Dyusberi-Xollning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Kiritildi: 07:24, 14.03.2025.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик