Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem" "Lion" yulduziga qiziqish bildirmoqda

"Vest Xem" "Lion" yulduziga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Londonning “Vest Xem” klubi “Lion” yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Jorj Mikautadze keyingi mavsum uchun yangi hujumchi izlayotgan ingliz klubining e’tiborini tortdi. "Bolg‘achilar" uning Fransiyadagi muvaffaqiyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. "Lion" Gruziya terma jamoasi futbolchisini shu yozda kamida 35 million yevrolik taklif tushsa sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, boshqa Premyer-liga klublari ham Mikautadzening 1-ligadagi rivojlanishini kuzatishmoqda. Avvalroq uning jamoadoshi Rayan Sherki Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. OAV futbolchi uchun variantlardan biri sifatida "Vest Xem"ni ko‘rsatdi.

Joriy mavsumda Jorj Mikautadze “Lion” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:35, 14.03.2025.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик